13 apr 16:26
Yangiliklar

"Uni mag'lub eta olishimni bilaman". Sexudo - Volkanovski bilan jang haqida
"Aytganimdek, Zombi bilan jang qilganimda, bu boshqacha jang bo'lardi. Aleksandr Volkanovski bilan jang qila olishimni, uni hali ham mag'lub eta olishimni bilaman. Uni o'ldirmayman, shunchaki uraman. Jangda undan aqlliroq, ustunroq bo'laman. Bunday odamga qarshi chiqish uchun hali ham mahorat, tezlik, kurashish qobiliyati, intellekt, tajriba, chidamlilik va jasoratga ega ekanligimga ishonaman.
Lekin bu sizga, muxlislarga va Dana Uaytga bog'liq. Buni xohlashimni ular biladi. Bu haqda avvalroq aytgandim: agar Aleksandr bilan bu borada pul ishlay olsak, men uch bor chempionlikka erishgan ilk jangchi bo'lishim, yoki u jim bo'lishi mumkin. Bu barcha uchun zavqli bo'ladi. Hamma buni tomosha qiladi, bilaman. Xo'sh, nima bo'ldi, Dana?", - dedi Sexudo.
Fikrlar