29 iyu 15:23
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uning basharasiga jon deb urgan bo'lardim" - Getji Makgregor bilan jang qilishga tayyorligini aytdi
Engil vazn toifasining yangi chempioni amerikalik 37 yoshli Jastin Getji ikki vaznda sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligini malum qildi.
"Men yuzlab marta aytganman, Konor Makgregorning basharasiga jon deb musht tushirgan bo'lardim. Men Konorning Maks Xollouey bilan jangidan hayratdaman. Ushbu jangni bevosita arenada tomosha qilish imkoniyati yuzaga kelishi va uning yuziga qaray olishimdan xursand bo'laman", - deya Getjining so'zlarini keltiradi "Sportnews" portali.
Makgregor navbatdagi jangini yarim engil vazn toifasida sobiq UFC va BMF chempioni amerikalik Maks Xolloueyga qarshi o'tkazadi. Ushbu jang 12 iyul kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar