So’nggi yangiliklar

16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0 09:33UFC 333 турнирининг тўлиқ карди: Волкановски – Евлоев, Ян – Двалишвили, Темиров – Кавана 0 08:48Хргович Дюбуа билан IBF ва WBO камарларини бирлаштирмоқчи 0 08:07Баҳодир Жалолов ўзининг энг яхши боксчилар учлигини санади 0 20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0

22 iyu 09:37
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uning kamarini tortib olaman". Ian Garri - Maxachev bilan jang haqida gapirdi

UFC jangchisi Ian Garri chempion Islam Maxachevga qarshi bo'lajak jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Ularning to'qnashuvi AQSHning Filadelfiya shahrida o'tadigan UFC 330 turnirining asosiy jangi bo'ladi.

"Bilasizmi, menimcha, Islamning zaif tomonlari ko'p emas. U hali men kabi uzun bo'yli va uzun oyoqli jangchiga qarshi chiqmagan. Men kabi tezkor jangchiga qarshi ham jang qilmagan. Masofani ushlay oladigan, boks mahoratiga ega, bosh harakatlaridan yaxshi foydalanadigan va teykdaunlarga qarshi himoyalana oladigan jangchi bilan ham to'qnash kelmagan.

Balkim, u meni parterga o'tkazar. Hatto shunday bo'lishiga umid qilaman, chunki butun dunyoga Maxachev meni sabmishn qilishga qodir emasligini isbotlamoqchiman. Butun dunyoga uning ostida qolib ketmasligimni ko'rsatmoqchiman. Uning o'yinida ham g'alaba qozonishim mumkinligini namoyish etmoqchiman.

Men uchun uning shu zalda qancha vaqt mashq qilgani ahamiyatsiz. Islam bu bilan qancha vaqt shug'ullangani ham muhim emas. Uning sambo bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni bormi-yo'qmi — bu ham qiziq emas. Men uning boshini kanvasga uraman va chempionlik kamarini tortib olaman. Uning taxtini egallayman, rekord darajadagi g'alabalar seriyasiga nuqta qo'yaman va Islamning tarixga kirishiga yo'l qo'ymagan inson sifatida qolaman", — dedi Garri o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan videoda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing