So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

10 noy 13:34
Yangiliklar

Kurash

“Universiada-2019”. G'oliblar final bosqichida ishtirok etadi

Oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan Universiada sport o'yinlari dasturidan o'rin olgan sportning belbog'li kurash turi bo'yicha ham joylarda viloyat bosqichlari yakuniga etmoqda.

Xususan, Qarshi davlat universitetida Universiada sport musobaqalari dasturidan o'rin olgan belbog'li kurash bo'yicha saralash bellashuvlari bo'lib o'tdi. Viloyatdagi mavjud oliy talim muassasalaridan 100 nafarga yaqin polvonlar -55, -60, -66, -73, -81, -90 hamda +90 kg. vazn toifalarida g'oliblik uchun kurash tushishdi. 

Murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, Muhammad Naimov (-60 kg. QDU), Bekmurod Berdiev (-66 kg. QDU), Farrux Davurov (-73 kg. QDU), Ramozon Norqobilov (-81 kg. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti), Laziz Egamov (-90 kg. QDU), Salohiddin Zaripov (+90 kg. QDU)lar barcha raqiblaridan ustun kelib, “Universiada-2019” Respublika bosqichiga yo'llanma olishdi.

Bahriddin YARMATOV, belbog'li kurash bo'yicha viloyat bosh murabbiiy: 

- Milliy sport turlarimizdan bo'lgan belbog'li kurash viloyatimizda keyingi yillarda yoshlar o'rtasida ommalashib bormoqda. Xususan, oliy o'quv yurtlarimizda ham qiziqish yuqoriligi bois, bellashuvlar murosasiz, qiziqarli va shiddatli jarayonlarga boy tarzda o'tadi. Bugungi musobaqada ham eng kuchli polvonlarimizni saralash oson kechmadi. O'ylaymanki, respublika final bosqichida polvonlarimiz yuqori natijalarni qayd etib, kuchli uchlikdan joy olishadi. Tez orada o'quv-yig'in mashg'ulotini boshlaymiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing