So’nggi yangiliklar

16:01"Энди бу билан шуғулланишни истамайман" - Чисора фаолиятини якунлаганини тасдиқлади 0 15:39Арман Царукян Махачев — Топурия эҳтимолий жангининг ғолибини айтди 0 15:16Расман! Достон Бозоров Mangu 2 турнирида жанг қилади. Рақиб ҳам маълум (ПОСТЕР) 0 14:55Валерий Кечинов: "Жаҳон чемпионатида Ўзбекистонга қарши ўйнаш ҳеч кимга, ҳатто Португалияга ҳам осон бўлмайди" 0 14:34Маҳмуд Мурадов ўзининг янги Лигасига асос солди 0 14:13Камшибек Конкабаев проф фаолиятини янги босқичга кўтариш учун Лондонга келди (ФОТО) 0 13:52“Янги Ўзбекистон талабалар Олимпиадаси”га старт берилди 0 13:31Расман: Хосе Мария Мендес Ўзбекистон футзал МТЖ устози сифатида таништирилди 0 13:10Хоккей терма жамоамиз Жаҳон чемпионатида иштирок этиш учун Шенчженга йўл олди (ВИДЕО) 0 12:59Grenke Chess Festival 2026. Абдусатторов ва Якуббоев пешқадамлар сафида. Бугун Нодирбек Магнус Карлсен билан ўйнайди 0 12:38Царукян Чимаевнинг ғалабаси учун миллион доллар тикмоқчи 0 12:17Неймар узоқ муддатга четлатилиши мумкин 0 11:56UFC 329 турнири Халқаро жанглар ҳафталигининг асосий воқеаси бўлади 0 11:35Япония дзюдо терма жамоаси Жаҳон чемпионати учун якуний таркибини мусобақа стартидан олти ой олдин эълон қилди 0 11:14Боксчиларимиз Туркиядаги нуфузли турнирда биринчи бўлишди 0

23 jan 12:58
Yangiliklar

Kurash

Universiada -2021. O'zDJTSU talabalari belbog'li kurash bellashuvlarida birinchi bo'lishdi

Oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida o'tkazilib kelinayotgan Universiada sport o'yinlari chin manoda jismoniy tarbiya va sportni yoshlar orasida ommaviyligini taminlashda, talabalarning sport turlariga bo'lgan qiziqishning ortishiga, qolaversa, istedodli talaba-yoshlar saralanib, ularning katta sport sari dadil qadam tashlashiga muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida Universiada sport o'yinlari dasturidan joy olgan sportning belbog'li kurash turi bo'yicha respublika final bosqich bellashuvlari o'tkazildi. 

Mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 91 nafar sportchi-talaba -55, -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg. vazn toifasida belbog'li kurashning klassik yo'nalishida g'oliblik uchun bellashishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqaning birinchi kunida barcha vazn toifalari bo'yicha yarim finalgacha bo'lgan bellashuvlar o'tkazildi. Ikkinchi kungi bahslarda esa har bir vazn toifasida g'olib va sovrindor sportchilar nomi aniqlandi.

Takidlash joiz, ushbu musobaqada O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yakkakurash sport turlari fakulteti tarkibidagi milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamoasi mashg'ulotlarga zo'r bergan shekilli, barcha vazn toifalarida medallarga ega chiqishdi.

Demak, belbog'li kurash bo'yicha “Universiada – 2021”ning g'olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.

55 kg.

  1. Sardor Umarov (Toshkent v.)
  2. Qutbiddin Asqarov (Andijon)
  3.  Raximjon Abdiraximov (Namangan)

        3.Abdumurod Eshqobilov (Toshkent sh.)

60 kg. 

  1. Diyorxo'ja Mo'ydinov (Farg'ona)
  2. Zoxidjon Raimqulov (Toshkent v.)
  3. Husanboy Davronov (Namangan)

        3.Abdullo Mamadaminov (Buxoro)

66 kg. 

  1. Jahongir Hayitov (Namangan)
  2. Javohir Abdullaev (Farg'ona)
  3. SHoxruh Zokirov (Toshkent v.)

       3.Jaloliddin SHoumarov (Toshkent sh.)

73 kg.

  1. Manguberdi Imyanov (Toshkent v.)
  2. Sanjarbek Rasulov (Farg'ona)
  3. Husan Abduhakimov (Sirdaryo)

       3.Orifjon Jo'raev (Namangan)

81 kg. 

1.Asadbek Xotamov (Toshkent v.)

2. Doston Qobilov (Namangan)

3. To'lanboy Hosilbekov (Andijon)

3. Oybek Karimov (Farg'ona)

90 kg.

  1. Doniyorbek Ro'ziev (Toshkent v.)
  2.  Dostonbek Usmonaliev (Farg'ona)
  3. Eset Saduakasov (Qoraqalpog'iston)

3.Muhammadjahongir Jo'raev (Andijon)

+90 kg.

  1. Akbarshoh Rustamov (Toshkent v.)
  2. Xislat Pirmatov (Toshkent sh.)
  3. SHoxruhbek Mirolimov (Farg'ona)

        3.Ezozbek Ravshanov (Samarqand)

Umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza bilan birinchi, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan Farg'ona ikkinchi, 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari bilan Namangan viloyati jamoasi uchinchi o'rinni band etishdi. 

“Universiada-2021” sport o'yinlari dasturidan joy olgan belbog'li kurash bo'yicha ushbu final bosqichi yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindor sportchi-talabalar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Taqdirlash marosimida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi, “Adolat” SDPning CHirchiq shahar kengashi raisi Ravshan Dastirov, O'zbekiston talablar sporti associaciyasi raisi o'rinbosari Erkin Qodirov ishtirok etib, g'olib sportchilarni tabriklab, tanlagan soxalari yo'lida o'qib izlanishlarini, hamisha sportga oshno bo'lishlarini va bu yo'lda faqat muvaffaqiyat qozonib, mamlakatimiz rivoji uchun vatanparvar bo'lishni takidlab o'tishdi.  

SHavkat MIRZAQULOV, docent,O'zDJTSU milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri: 

- Mutaxassis sifatida aytishim mumkin, talabalar o'rtasidagi bu yilgi musobaqa har qachongidan-da yuqori saviyada o'tkazildi. Vazn toifalari bo'yicha ishtirokchilarning ham professinal sportchi emasligi, terma jamoalar tarkibida bo'lmasligi bellashuvlarning murosasiz va qiziqarli o'tishini taminlab berdi. Albatta, buning natijasida yangi-yangi iqtidorlar kashf etildi. Mazkur musobaqada terma jamoamiz tarkibidagi   sportchilarimiz o'zimizning shogirdlarimiz sanalib, barchasi O'zDJTSUning milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida tahsil olishadi. SHukrki, ushbu musobaqada shogirdlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Bu Universiada sport o'yinlari tarixidagi ilk yuqori natija. Bunday yuksak natijalarni egallashimizga etarlicha asoslar bor. Boisi, universitetimizda sportchi-talablar uchun rektorimiz, iqtisod fanlari doktori, professor Mahmudjon Boltabaev boshchiligida etarlicha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Ayniqsa, talabalarimiz uchun yangidan barpo etilgan kurash turlariga ixtisoslashgan zamonaviy sport zalining bunyod etilgani bizni yanayam masuliyat va zo'r ishtiyoq bilan mehnat qilishga, talabalarimizni bu kabi nufuzli musobaqalarda faqat kuchlilar qatorida bo'lishiga undaydi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing