22 iyu 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Uord chempion bilan jangdan oldin Brandga qarshi ringga chiqadi
Amerikalik 32 yoshli bokschi Andre Uord o'zining navbatdagi jangini 6 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Oklend shahrida o'tkazadi.
ESPN telekanalining xabar berishicha, Uordning raqibi kolumbiyalik 39 yoshli faxriy bokschi Aleksandr Brand bo'ladi. Ushbu jang ikkinchi o'rta vazn toifasida bo'lib o'tadi.
Bu bahs Uord uchun yarim og'ir vazn toifasida WBA (Super), WBO hamda IBF yo'nalishlari chempioni rossiyalik Sergey Kovalevga qarshi kechadigan chempionlik jangina tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. CHempionlik jangi 19 noyabr kuniga belgilangan,
Havola :
Fikrlar