So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

20 apr 15:43
Yangiliklar

Og'ir atletika

Urganch Osiyo chempionatini qabul qilishga tayyor

Teglar :  Og'ir atletika
Roppa rosa 3 kundan so'ng Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati rasman start oladi.

Qita chempionatida shu yilning oktyabr oyida Argentinada o'tkaziladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga ham yo'llanmalar o'ynaladi. Tashkiliy qo'mita chempionatni yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha sharoitlarni tayyorlab qo'ygan.

Musobaqada Osiyoning 30 mamlakatidan 311 nafar atlet qatnashadi. O'zbekiston terma jamoasi bellashuvlarda 30 nafar sportchi bilan ishtirok etadi:

O'smirlar o'rtasidagi musobaqa

O'g'il bolalar:

-56kg: Nurdiyor Abduhalilov (Namangan)
-62kg: Sarvar Jumaniyozov (Xorazm)
-69kg: Asadbek Narimonov (Xorazm)
-69kg: Xakimjon SHamsiddinov (Andijon)
-69kg: Musharraf Raximov (Farg'ona)
-77kg: Muhammadqodir Toshtemirov (Namangan)
-85kg: Alisher Rajabov (Qoraqalpog'iston)
-94kg: Mirxosil Mirzaboev (Toshkent.v)
-94kg: Saidmuxtor Saidaxrorov (Andijon)
-94kg: Fozilbek Jumanazarov (Xorazm)
-94kg: Azim Xodjiev (Samarqand)

Qizlar:

-44kg: Nigora Abdullaeva (Qashqadaryo)
-48kg: Zuxra Otajanova (Xorazm)
-53kg: Nigora Suvonova (Navoiy)
-58kg: SHaxloxon Abdullaeva (Xorazm)
-63kg: Zarnigor Abduraxmonova ( Qashqadaryo)
-63kg: Kumush Fayzullaeva  (Navoiy)
-69kg: Tursunoy Jabborova (Qashqadaryo)
-75kg: SHodmonoy Ochilova  (Qashqadaryo)
-75kg: Dolera Davronova (Navoiy)


Yoshlar o'rtasidagi musobaqa

Yigitlar:

-62kg: Muxammadali Qaxramonov (Toshkent.v)
-69kg: Adxam Ergashev (Namangan)
-77kg: Rustam Yunusov  (Toshkent.v)
-77kg: Umurbay Mavlenov (Qoraqalpog'iston)
-85kg: Zaynobiddin Maxammadaminov (Namangan)
-105kg: Akbar Jo'raev (Toshkent.v)
+105kg: SHaxmerdan Kemalov (Qoraqalpog'iston)

Qizlar:

-58kg: Sayyora  Esbergenova (Qoraqalpog'iston)
-69kg: Bazargul  Ramberganova (Qoraqalpog'iston)
-75kg: Gulnoza  Axmadova (Navoiy)

SHuningdek, Osiyo, Evropa va AQSH mamlakatlaridan tashrif buyuradigan mutaxassislar musobaqa rasmiylari sifatida 20-30 aprel kunlari yurtimizda mehmon bo'ladilar.

Bugun, 20 aprel kunidan boshlab birin-ketin delegaciyalar yurtimizga tashrif buyurishni boshlashdi. Ikki kun davomida musobaqada turli rasmiy tadbirlar tashkil qilinadi. 23 aprel kuni esa Osiyo chempionati bahslariga start beriladi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham o'sha kuni soat 15:00 da boshlanadi. Bellashuvlar 30 aprel kunigacha davom etadi.

SHuni qo'shimcha qilish lozimki, yurtimizda turizm sohasi rivojiga o'z hissasini qo'shish istagida bo'lgan O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi               26-30 aprel kunlari sportchi va murabbiylar uchun ko'hna Xiva shahri bo'ylab sayohat tashkil qilib berishni rejalashtirgan.

Ushbu suratlarda musobaqa o'tkaziladigan arena deyarli tayyor holatga keltirilganini ko'rishingiz mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing