02 noy 12:16
Yangiliklar
Og'ir atletika
Urganch yosh polvonlarni chorlaydi
13 – 20 noyabr kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida og'ir atletika bo'yicha 15 yosh va undan kichik (2005 – 2008 yillarda tavallud topgan sportchilar) o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.
Atletlar 15 noyabrdan bevosita supachadagi kurashlarni boshlashadi va medallar uchun kurash olib borishadi. Yangi iqtidorlarni kashf etish uchun xizmat qilishi kutilayotgan musobaqa qizg'in ruhda o'tishini taxmin qilish mumkin.
Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqa Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari va undan keyingi yirik musobaqalar uchun iqtidorli yoshlarni saralab olish imkonini beradi.
Havola :
Manba : uz.weightlifting.uz
Fikrlar