22 iyu 08:04
Yangiliklar
Urganchdagi Mudofaa vaziri kubogida mezbonlar etakchilik qilishdi
Kuni kecha ikki mintaqada ushbu musobaqaning saralash bahslari bo'lib o'tdi. Birinchi mintaqa bahslariga Urganch shahri mezbonlik qildi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati dzyudochilari tatamiga chiqdilar.
Ikki kunlik bellashuvlar yakunida o'z vazn toifalarida o'g'il bolalar orasida Abdulla Sadullaev (-60 kg, Xorazm), SHirnazar SHarifboev (-66 kg, Xorazm), Jo'rabek Abdullaev (-73 kg, Xorazm), Akbar Komilov (-81 kg, Xorazm) g'oliblik shohsupasiga ko'tarilish bilan birga musobaqaning Respublika final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.
Qizlar o'rtasidagi bahslarda esa bunday imtiyozga Asalxon SHukurullaeva (-48 kg, Xorazm), Jumagul Otajonova (-52 kg, Xorazm), Oliyajon Yusupova (-57 kg, Xorazm), Gulzar Xo'janova (-63 kg, Qoraqalpog'iston), SHahlo Egamberganova (-70 kg, Xorazm) va Mavluda Abdullaeva (+78 kg, Xorazm) ega bo'ldilar.
Fikrlar