26 avg 19:05
Yangiliklar
US Open tennis tarixida rekord darajadagi sovrin jamg'armasini elon qildi
Bu tennis tarixidagi eng yuqori sovrin jamg'armasidir.
US Open-2026 musobaqasi ishtirokchilariga jami $108 million miqdorida mablag' to'lanadi. Bu haqda turnirning rasmiy sayti xabar berdi. Mazkur ko'rsatkich 2025 yilda AQSH Ochiq chempionatida qayd etilgan avvalgi rekorddan 20 foizga yuqori. O'shanda tennischilarga $90 million to'langan edi. 2024 yil bilan taqqoslaganda esa sovrin jamg'armasi 44 foizga oshgan.
2026 yilda erkaklar va ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslari g'oliblari har biri $5,5 milliondan ishlab oladi. Bu 2025 yilda chempion bo'lgan Karlos Alkaras va Arina Sobolenko olgan mablag'dan $500 mingga ko'p. Bu — «Katta dubulg'a» turnirlari tarixida yakkalik bahslari g'olibiga berilgan eng katta sovrin puli hisoblanadi.

Finalchilarning har biri $2,8 million, yarim finalchilar $1,45 million, chorak finalchilar esa $780 mingdan oladi. Juftlik bahslari chempionlari esa o'zaro $1 milliondan bo'lishib oladi.
Musobaqada o'zbekistonlik raketka ustalari Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeeva ishtirok etadi.
Fikrlar