10 iyu 16:03
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/75958_220.jpg)
USADA rossiyalik UFC jangchisini ikki yilga chetlatdi
USADA antidoping agentligi rossiyalik UFC jangchisi Ivan SHtirkovni ikki yilga diskvalifikaciya qildi, deb xabar bermoqda MMA Fighting.
O'tgan hafta SHtirkov ikki tomonning o'zaro roziligi bilan UFC bilan hamkorlikni to'xtatgan edi. Bunga SHtirkovning qon tarkibida taqiqlangan modda borligi aniqlangani sabab bo'lgandi.
USADA tashkiloti rossiyalik sportchini ikki yilga janglarda ishtirok etishdan chetlatdi. Ivanning qon tarkibida boldenon moddasi aniqlangan. Endi SHtirkov Yaponiyaning RIZIN promoushenida o'z janglarini o'tkazadi. USADA qo'llagan jazo RIZINga tasir qilmaydi.
Havola :
Fikrlar