02 apr 19:03
Yangiliklar
"Usik bilan kelishish oson, muammo senda". Usikning sobiq raqibi Fyurini tanqid qildi
"O'zingni superog'ir vazn toifasidagi eng yaxshi bokschidek tutmayapsan. Sen bu vazn toifasida etakchi jangchisan, lekin etakchi qilish kerak bo'lgan ishni bajarmayapsan. Sen dunyodagi eng kuchli jangchi bo'lishing uchun to'rtta divizion kamariga ega bo'lishing kerak edi. SHunda hech kim sening kuchli ekanliginga shubha qilmasdi. Sen barcha shubhalarni yo'q qilishing kerak edi.
SHaxsiy tajribamdan bilaman, Egis Klimas, Aleksandr Krasyuk va Aleksandr Usik bilan kelishuvga erishish juda oson, chunki men ular bilan muzokara olib borganman. Biz hech qanday muammosiz kelishuvga erishganmiz.
Usik meni jangga chorlashi bilanoq men uni qabul qilganman. Sababi, dunyodagi barcha kamarlar uchun kurashishni orzu qilardim. Biz shunchaki o'tirib, hamma narsani kelishib olgan edik. Bu juda oddiy bo'lgandi.
Tayson, Entoni Joshuani esla, Usik uning majburiy raqibi edi va Entoni u bilan bir emas, ikki martta jang qildi. Balki, muammo sendadir? Nega Tayson Fyuri bilan kelishish bunchalik qiyin?" - dedi Bellyu.
Fikrlar