02 may 12:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik BWAA tomonidan 2024 yilning eng yaxshi bokschisi sifatida etirof etildi
Superog'ir vaznda WBC, WBO, WBA va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) boks haqida yozuvchi Amerika Associaciyasi (BWAA) mukofotiga sazovor bo'ldi.
BWAA 38 yoshli ukrainalikni 2024 yilning eng yaxshi bokschisi deb tan oldi. Mukofot Usikka Nyu-Yorkdagi tantanali marosimda Teofimo Lopes tomonidan topshirildi.
Malumot uchun, Aleksandr Usik 19 iyul kuni Londonda faoliyatida ikkinchi marotaba mutlaq chempionlik jangini o'tkazadi. Unga IBF yo'nalishi chempioni Daniel Dyubua raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : WBA
Fikrlar