03 may 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - Dyubua revanshi. 24 soat ichida chiptalarning yarmidan ko'pi sotib bo'lindi
Superog'ir vazn toifasida WBC, WBA va WBO kamarlari egasi bo'lgan ukrainalik Aleksandr Usik IBF kamari sohibi, britaniyalik Daniel Dyubua bilan jang qiladi.
Mazkur revansh 19 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Jang rasman elon qilingach, chiptalar sotuvga chiqarildi va katta qiziqishga sabab bo'ldi. vRINGe nashri malum qilishicha, ilk 24 soat ichida 60 mingta chipta sotilgan.
Malumot uchun, "Uembli" rasmiy sig'imi 90 ming tomoshabin bo'lib, zarurat tug'ilganda bu raqam yana bir necha mingga oshirilishi mumkin.
Bokschilar o'rtasidagi dastlabki jang 2023 yilning avgustda Polshada bo'lib o'tgan va Usikning 9-raundda texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : vRinge
Fikrlar