03 may 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Fyurining "vyzov"iga javob qaytardi
Super og'ir vaznda WBC, WBA, IBO, va WBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik sobiq raqibi Tayson Fyurining chorloviga munosabat bildirdi.
"Agar Tayson Fyuri faoliyatini qayta tiklasa, ehtimol, u bilan yana bir jang o'tkazarmiz. Muammo yo'q, men tayyorman. "Uembli" yoki "Old Traffordda", deya Usikning so'zlaridan iqtibos keltiradi talkSPORT.
Usik va Fyuri shu kungacha ikki marta to'qnash kelishgan. Ularning har ikkisida ukrainalik charm-qo'lqop ustasi zafar quchgan.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar