14 iyu 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik IBF reytingidan chiqarildi
Ukrainalik professional bokschi Aleksandr Usik Xalqaro boks federaciyasi (IBF) reytingidan chiqarildi.
Gap shundaki, Usik WBO yo'nalishi chempioni Kshishtof Glovacki bilan o'zaro jang o'tkazish bo'yicha kelishib olgan. Bu bilan u WBO yo'nalishini tanlagan. IBF tashkiloti rahbariyati esa uni o'z reytingidan chiqarishga qaror qildi.
SHu paytgacha ukrainalik bokschi IBF reytingida oltinchi o'rinni egallab turgandi. Usik – Glovacki chempionlik jangi 17 sentyabr kuni Polshaning Gdansk shahridagi 43 ming tomoshabinga mo'ljallangan “PGE Arena” stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar