28 apr 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik: "Imkoniyat uchun rahmat, Dyubua. Endi o'z kamarimni qaytarib olaman"
Super og'ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) Daniel Dyubua (22-2, 21 KO) bilan jang anonsiga munosabat bildirdi.
"Mutlaq chempionlik unvoniga yana jang qilish imkoniyati berilgani uchun Xudoga shukur qilaman. Mening IBF kamarimga g'amxo'rlik qilib turganing uchun rahmat, Daniel — endi uni qaytarib olaman", deb yozdi Usik.
Bokschilar o'rtasidagi revansh jangi 19 iyul kuni Londonda o'tkaziladi. Ilk jangda Aleksandr ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar