11 apr 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik jamoasi WBOdan Parkerga qarshi jangni kechiktirishni so'radi
Bokschi Aleksandr Usikning jamoasi WBOga murojaat qilib, Jozef Parkerga qarshi jangni kechiktirishni va Daniel Dyubua bilan kamarlarni birlashtirish jangini o'tkazishni so'radi.
"Qo'mita Usik – Dyubua jangini birlashtiruvchi jang sifatida ko'rib chiqish iltimosini qabul qildi. Qaror qabul qilingach, bu haqda ommaviy ravishda elon qilamiz, shuningdek Parkerning maqomi ham malum qilinadi", - dedi WBO prezidenti Gustavo Olivieri.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar