02 mar 09:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik mashg'ulot manzili sifatida Barselonani tanladi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Butunjahon boks superseriyasining final jangiga tayyorgarlikni Ispaniyada o'tkazadigan bo'ldi.
Usik birinchi og'ir vazn toifasida WBO va WBC yo'nalishlari chempioni hisoblanadi. U hal qiluvchi final jangida rossiyalik Murat Gassievga qarshi ringga ko'tariladi.
Gassiev IBF va WBA yo'nalishlarida jahon chempioni bo'lib turibdi. Usikning mashg'uloti Ispaniyaning Barselona shahrida Sergey Vatamanyuk murabbiyligida bo'lib o'tadi. Superseriyaning final jangi esa 11 may kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar