21 jan 17:13
Yangiliklar
Boks/MMA

"Usik mening ro'yxatimda yo'q. Britaniya yoki amerikaliklarni qandaydir ukrainalik qiziqtirmaydi"
Superog'ir vaznli bokschi Tayson Fyuri ukrainalik bokschi Aleksandr Usik haqida gapirdi.
"U mening ro'yxatimda yo'q. Uning nomi chiqmagan, u bilan bo'ladigan jangimiz xech kimga qiziq emas. U pul keltirmaydi, nima uchun unga qarshi jang qilishim kerak?
Ingliz tilini yaxshi bilmaydigan xorijlik xech kim uchun qiziq emas. Men tomoshabinlar uchun qiziq bo'lgan yirik janglarni istayman. Usik bilan jang bular sirasiga kirmaydi. Agar Usik Joshuani mag'lub etgan taqdirda ham, jangimiz tashkil etilmaydi. CHempionlik kamarlari g'arbga qaytdi, ular shu erda qolishi lozim. Og'ir vaznda kamarlar Britaniya yoki AQSHda bo'lishi kerak.
Balki Usik Ukrainada yirik yulduzdir, ammo britaniyalik yoki amerikaliklarni qandaydir ukrainalik bokschi qiziqtirmaydi", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar