14 noy 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik nima uchun "Ukraina qahramoni" unvonidan voz kechganini aytdi
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida jahonning mutloq chempioni Aleksandr Usik nima uchun "Ukraina qahramoni" unvonidan voz kechgani haqida gapirdi.
"Men qahramon emasman, shuning uchun bu unvondan voz kechdim. Mendan ham ko'proq ish qilgan insonlar bor. SHifokorlar odamlar hayotini saqlab qoladilar. O'qituvchilar bolalarga talim beradilar. SHuningdek, kashfiyotchi olimlar bor. Bunday unvonga loyiq insonlar ko'p.
Rahmat. Men xalqim uchun shundoq ham qahramonman va menga yulduzchalar kerak emas. Tumandan chiqqan oddiy yigitman", - dedi Aleksandr Usik.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada Aleksandr Usik britaniyalik Toni Bellyuni nokautga uchratib, o'z kamarlarini himoya qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar