26 sen 18:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88141_220.jpg)
Usik raqibi Spongga yuqori baho berdi
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik superog'ir vazn toifasidagi debyut jangi uchun tanlangan raqibi Tayron Spong haqida iliq fikr bildirdi.
“Spong? U haqida hozir nimadir deya olmayman. Biz uning avvalgi janglarini ko'rib, iloji boricha ko'proq malumot olishga harakat qilyapmiz. U WBO vaznida Top-5da ketmoqda. Spong Takamdan ham yuqorida turibdi. U debyut jangim uchun eng mukammal raqib”, - dedi Usik.
Eslatib o'tamiz, Usik - Spong jangi 12 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar