04 apr 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik Tayson Fyuri bilan jang bekor qilinganiga munosabat bildirdi
Superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Aleksandr Usik Tayson Fyuri bilan jang bekor bo'lganiga o'z fikrini bildirdi.
"Mashg'ulotlarni rejalashtiramiz, jang tashkil etamiz, jang sanasi bo'yicha kelishib olamiz. Ammo rejalar o'zgarib turadi. Bu jang bir necha sababga ko'ra amalga oshmadi. Kelisha olmadik, kimdir barcha uchun manfaatli bo'lgan shartga rozi bo'lmadi.
Fikrimcha, Tayson Fyuriga qarshi jang o'tkaziladi, ammo 29 aprelda emas. Men tayyorgarlik vaqtida ko'p ish bajardim: suzishdagi, yugurishdagi, velosiped uchish va nafas ushlab turishdagi natijalarimni yaxshiladim. Jiddiy aytsam, uyga qaytganimdan xursandman", - dedi Usik.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar