25 fev 17:58
Yangiliklar

Usik Ukrainaga qaytdi: Men qochib ketmadim!
Aleksandr Usik (19-0, 13 KO) mahalliy ommaviy axborot vositalarining tanqidlariga munosabat bildirdi - ular Vitaliy va Vladimir Klichkolarga ergashib, Rossiya agressiyasiga qarshi o'z vatandoshlariga dalda beruvchi so'zlar bilan murojaat qilishini kutishgan.
Ammo Usik band edi – u Buyuk Britaniyada xizmat safarida bo'lib, mahalliy OAV bilan suhbatda edi. Kecha chempion Ukrainaga qaytib keldi va darhol vatandoshlariga murojaat qildi:
“Qadrli Ukraina. Hurmatli ukrainaliklar. Ko'plab ommaviy axborot vositalari mening qochib ketganimni yozishdi. Yo'q. Ishga ketdim, qaytib keldim. Men uydaman. Do'stlar, biz birlashishimiz kerak. CHunki hozir juda qiyin davr. Men his-tuyg'ularga to'lib-toshganman. Men o'z yurtim, xalqimiz uchun juda xavotirdaman. Do'stlar, biz bu urushni to'xtatishimiz shart. Va biz buni birgalikda qilishimiz kerak", - dedi Usik videomurojaatida.
Fikrlar