16 apr 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik va Dyubua o'rtasidagi revansh jangining sanasi elon qilindi
Super og'ir vazn toifasida WBC, WBO, WBA va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) va IBF chempioni Daniel Dyubua (22-2, 21 KO) o'rtasidagi revansh jangi bo'yicha kelishuv yakunlanish arafasida.
The Ring xabariga ko'ra, bellashuv 12 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.
Usik va Dyubua o'rtasidagi birinchi jang 2023 yilning 26 avgust kuni Vrotslav shahrida bo'lib o'tgan va o'shanda ukrainalik charm-qo'lqop ustasi 9-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar