28 dek 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - WBC talqiniga ko'ra yil bokschisi bo'lishga davogar!
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik Butunjahon boks uyushmasi (WBC) talqiniga ko'ra “Yil bokschisi” bo'lishga yaqin turibdi.
Har yili anaviy tarzda o'tkaziladigan ushbu tanlovda Usikka o'z vazn toifalarida WBC chempionlari - meksikalik Saul Alvares, Deontey Uaylder, Mayki Garsiya, Vanxeng Menayotin hamda yagona o'zga yo'nalish - WBA Super chempioni Kallum Smit raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Usik prof boksda 16ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Janglarning 12tasini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan. Bir muddat avval Usik Yahoo Sports portali tomonidan “Yil bokschisi” deb topilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar