01 apr 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning promouteri: "Bu ishni men va Egis Klimas birga qildik"
Super og'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk britaniyalik Tayson Fyuri bilan muzokaralar buzilgani haqida gapirdi.
"Tez-tez beriladigan savollardan biri bu muzokaralar jarayonini kim tark etdi. To'g'risini aytadigan bo'lsam birinchi bo'lib biz bu ishni qildik. Usik jamoasi buni uddaladi. Bu ishni men va Egis Klimas birga qildik. Jang hech qanday holatda ham bo'lmasligi haqida bilganimizdan so'ng bu qarorga keldik", - dedi Krasyuk.
Avvalroq, promouter Frenk Uorren Usik hamda Fyuri o'rtasidagi jang bo'yicha ikkita variant borligini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar