28 mar 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Usikning promouteri Tayson Fyuridagi asosiy muammo haqida gapirdi
Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk Tayson Fyuri va uning muammolari haqida gapirdi.
"Tayson Fyurining asosiy muammosi boksda emas, hayotda. Barcha gap uning aniq maqsadi yo'qligida. U harakatlanayotgan aniq yo'nalish yo'q. U ko'p narsaga erishgan va yaxshigina pul ishlagan. U kambag'al odam emas va ertalab soat 5 da uyg'onib, ishlashi ham shart emas.
Endi nima bo'ladi? U endigina 34 yoshda. Bu umrining yarmi ham emas. Katta ehtimol bilan u yana muammolarga duch keladi, chunki u chuqur o'ylamaydi. U aylana bo'ylab harakatlanib yuraveradi. Odam qaerga borishni bilmasa, pulni tanlaydi. Ammo siz barcha narsani sotib olib bo'lganingizdan keyin - siz endi o'zingizni juda ham yaxshi his qila olmaysiz", - dedi Krasyuk.
Havola :
Manba : Boxing Insider
Fikrlar