17 avg 16:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/81267_220.jpg)
Usikning raqibi keyingi hafta malum bo'ladi
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikning super og'ir vazndagi debyut jangidagi raqibi keyingi hafta malum bo'ladi.
Bu haqida Usikning promouteri Eddi Xirn malum qildi. Xirnning so'zlariga qaraganda, Usik 12 oktyabr kuni CHikago shahrida jang qiladi. Uning super og'ir vazndagi debyutiga o'n ming muxlisga mo'ljallangan "WintrustArena" mezbonlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Usik kamerunlik Karlos Takamga qarshi jang qilishi lozim edi, lekin Takam promouterini o'zgartirganidan so'ng, Usikka qarshi jang qilishdan bosh tortgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar