24 mar 08:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman Masvidal va Kovingtonning restorandagi mushtlashuviga munosabat bildirdi
UFC chempioni Kamaru Usman Mayamidagi restoranlardan birida Xorxe Masvidal va Kolbi Kovington o'rtasidagi tortishuv haqida fikr bildirdi.
Voqea 22 mart kuni sodir bo'lgandi.
"Biz o'zimizni bunday tutishimiz yaxshi emas",- deb yozgan Usman Twitter'da.
Xorxe keyinchalik nima uchun Kolbiga hujum qilganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, u farzandlari haqida yomon gapirgan.
Avvalroq Masvidalga restoranda uyushtirilgan hujum bo'yicha ayblov qo'yilgani malum bo'lgandi. Biroq, policiya jabrlanuvchining kimligini aytmadi.
Eslatib o'tamiz, Masvidal 6 mart kuni UFC – 272 turnirida Kovingtonga mag'lub bo'lgandi. Hozirda uning hisobida 17 g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar