03 fev 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman Nurmagomedov "Bellator" reytingida ikki pog'ona pastladi
"Bellator" matbuot xizmati musobaqa jangchilari reytingini yangiladi.
Unga ko'ra rossiyalik 23 yoshli jangchi Usman Nurmagomedov engil vaznda ikki pog'ona pastlagan. Yangilangan reytingda rossiyalik sportchi 5-o'rinda qayd etilgan.
Yarimo'rta vazn toifasida bundan tashqari rossiyalik Andrey Koreshkov ham bir pog'ona pastlagan - reytingda u 9-pog'onadan joy olgan.
SHuningdek, Nurmagomedov va Koreshkovdan farqli o'laroq, Rossiyaning ikki vakili o'z o'rnini mustahkamladi. Reytingga ko'ra, Diana Avsaragova eng og'ir vaznda to'qqizinchi, Anatoliy Tokov esa o'rta vaznda beshinchi o'rinni egalladi. Ikki jangchi ham yangilangan reytingda bir pog'onaga ko'tarildi.
Havola :
Manba : Bellator
Fikrlar