03 apr 08:39
Yangiliklar

Usman: "Ular uchun ibodat qilaman"
"Birinchidan, bu juda achinarli. CHunki, sport ko'chadagi o'yinga aylangan. Xavf-hatar ham shunda. So'zlaringizga etiborliroq bo'linglar. SHunchaki o'zingiz xohlagan narsani aytib, istaganingizni qila olmaysiz. Raqibingiz hech narsani etiborsiz qoldirmaydi.
Odamlar harom narsani aytish mumkin emasligini tushunmaydi. Men buni bilaman. Oxir-oqibat, oktagonga ko'tarilaman va buni nima uchun qilayotganimni ko'rsataman. SHunday qilib, jangchilar meni bezovta qilishi mumkin. Ammo, baribir qo'lidan kelmaydi. Kovington chegarani buzdi. Bazi ahmoqlar uning so'zlarini xotirjam qabul qilishdi.
Bu holatda ikkala yigit ham mag'lubiyatga uchradi. Men ikkalasi uchun ham ibodat qilaman. Umid qilamanki, ularning ishlari yaxshi", — deb Usmanning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Fikrlar