23 iyu 10:05
Yangiliklar

Usmonov Universiadadagi ikkinchi medalini qo'lga kiritib, O'zbekiston rekordini yangiladi
O'zbekiston terma jamoasi vakili Eldorbek Usmonov 100 metrga batterflyay usulida suzish bo'yicha yakuniy final bahsini 51,84 natija bilan yakunlab, bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bu natija Usmonovning yarim final bosqichida qayd etgan oldingi yutug'idan bir kun o'tib, yangilangan (52,30) O'zbekiston uchun yangi milliy rekordga aylandi. SHu tariqa, suzuvchimiz xalqaro musobaqalar doirasida o'zbek suzish tarixidagi rekord chiziqlarni ikki marta qayta yozdi.
Musobaqa yakuniy bayonnomasi:
1-o'rin — Janmarko Sansone (Italiya) — 51,40
2-o'rin — Byorn Kammann (Germaniya) — 51,70
3-o'rin — Eldorbek Usmonov (O'zbekiston) — 51,84
Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi hisobida Eldorbek Usmonov qo'lga kiritgan Yozgi Universiadaning ikkita medali (bitta kumush va bitta bronza) bor.
Delegaciyamizning umumiy medallari soni esa 10 tani tashkil etyapti: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.
Fikrlar