11 okt 13:37
Yangiliklar
Tennis

Uxan (WTA). Arina Sobolenko Ribakinaga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ydi
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko Xitoyning Uxan shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning 1/2 finaliga chiqdi.
Belaruslik tennis malikasi 1/4 finalda WTA reytingining 9-pog'onasida borayotgan qozog'istonlik Elena Ribakinani 6/3, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Arina oldinda bormoqda - 8:5.
Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 2, Ribakina 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar g'olib tennischida ancha ko'p bo'ldi - 5 ga 1. Breyklar bo'yicha ham aynan u ustunlik qildi - 4 ga 1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar