01 mar 21:00
Yangiliklar

"Uzbek Tigers" "Colombia Heroicos"ni mag'lubiyatga uchratdi!
Bahsda vakillarimiz 4:1 hisobida g'alaba qozondilar:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila 0:2
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta (hamyurtimiz to'rtinchi raundda raqibini nokaut qildi)
-69 kg: Mahmud G'oipov - Aleksandr Ranxel (uchinchi raunddan so'ng texnik g'alaba)
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev - Diego Alexandro Motoa (3:0)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kristian Salkedo (3:0)
Olamsport.com sayti janglardan matnli translyaciya uyushtirdi.
21:07. "Uzbek Tigers" - "Colombia Heroicos" jangi yakuniga etdi. To'qnashuvda vakillarimiz 4:1 hisobida g'alaba qozondilar!
21:05. Aziz muxlislar, translyaciya davomida texnik nosozliklar sababli orada uzilishlar yuzaga keldi. Buning uchun Sizlardan uzr so'raymiz. To'g'ri tushunasizlar degan umiddamiz.
21:01. G'ALABA! Bahodir Jalolov ham raqibidan 3:0 hisobida ustun keldi va umumiy hisobning 4:1 bo'lishini taminladi.
20:49. Jalolov jangda ustunlik qilmoqda. Yaxshi, shunday davom etish kerak.
20:42. Oqshomning so'nggi jangida Bahodir Jalolov ringga ko'tariladi.
20:40. Bokschilarimiz 3:1 hisobida oldinga chiqib olishdi! YAXSHI!!!
20:38. G'ALABA!!! Bektemir Meliqo'zievda ham g'alaba. Uchchala hakam ham bokschimizning g'alabasini qayd etdi.
20:21. Bektemir o'zining kuchli zarbalari evaziga raqibdan ustunlik qilmoqda.
20:15. Endi Bektemir Meliqo'zievning jangini tomosha qilamiz!
20:13. G'ALABA! Mahmud G'oipovning raqibi uchinchi raunddan so'ng jangni davom ettira olmadi! 2:1 hisobida oldinga chiqib oldik!
20:09. Mahmud jangni juda yaxshi o'tkazmoqda! U raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi!
20:03. Endi -69kg vazn toifasida jang o'tkaziladi. Unda Mahmud G'oipov ringga ko'tariladi.
20:01. G'ALABA!!! SHunqor raqibini nokautga uchratdi. To'rtinchi raundda raqiblar murabbiyi ringga oq sochiq tashlab, shogirdining mag'lubiyatini tan oldi! Hisob tenglashdi - 1:1!
19:58. Ustunlik vakilimiz tomonga o'tdi! Yaxshi!
19:52. SHunqor Abdurasulov jangga kirishdi. Hozircha ustunlik hech bir tomonda emas.
19:35. Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila jangida mehmonlar vakili g'olib bo'ldi. 3 hakamning 2 nafari Avila g'olib bo'lganini elon qildi. Hozircha 0:1...
19:10. Ilk to'qnashuvda Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila juftligi ringda jang qilmoqda.
18:59. Bugungi janglar boshlandi.
18:55. Assalomu alaykum hurmatli boks ishqibozlari! Bugun boks muxlislarini yana bir qiziqarli boks oqshomi kutib turibdi. O'zbek bokschilari Kolumbiya vakillariga qarshi!
-52 kg: Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta
-69 kg: Mahmud G'oipov - Aleksandr Ranxel
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev - Diego Alexandro Motoa
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kristian Salkedo
Fikrlar