So’nggi yangiliklar

10:42Паралимпия ўйинларининг қанча чиптаси сотилди? 0 10:37Бош вазир Абдулла Арипов Париж-2024 Олимпиадаси ғолиб ва совриндорлари учун бериладиган мукофот пулларини эълон қилди 0 10:21Copa America. Уругвай 100 фоизлик натижа кўрсатди, мезбонлар учун мусобақа якунланди 0 10:16Париж-2024 Олимпиадасидаги байроқдорларимиз маълум! 0 10:00Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 09:39Самбочиларимиз Осиё-Океания чемпионатида 19 та медаль қўлга киритишди 0 09:18Дана Уайт: "Уни ўлдириб қўйишса керак, деб ўйлагандим" 0 08:57Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "man of the match" соҳибига айланди? 0 08:36Богдан Гусков UFC'да ўзи жанг қилишни истайдиган рақиблар номини айтди. Улар орасида собиқ рақиби ва қиёфадоши ҳам бор 0 08:15Россияда терма жамоа мураббийи террорчиликда айбланиб, ҳибсга олинди 0 07:54Нурсултон Рўзибоев тез орада укаси Машрабжонга оид яхши янгилик бўлишини айтди 0 07:33Евро-2024. Португалия Словенияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди 0 19:20Дана Уайт Перейра ва Анкалаев тўқнашуви эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:58Шавкат Раҳмонов Иан Гаррига жавоб қайтарди 0 18:36"Яратганга шукр". Конор залдаги машғулотлардан суратни жойлаштирди 0

27 fev 21:05
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uzbek Tigers" "Cuba Domadores"ni mag'lubiyatga uchratdi!

Toshkentdagi "Universal" sport majmuasida Butunjahon boks seriyasi doirasida "Uzbek Tigers" - "Cuba Domadores" jangi o'tkazildi.

Qiziqarli kechgan janglarda o'zbekistonlik bokschilar 4:1 hisobida g'alaba qozondilar va Butunjahon boks seriyasining guruh bosqichida muhim bo'lgan ochkolarni qo'lga kirita oldilar.

-49kg: Hasanboy Do'smatov - Yoxannis Argilagos 3:0

-56kg: SHahobiddin Zoirov - Robeysi Ramires 3:0

-64kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz 1:2

-75kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes 3:0

-91kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon 3:0



MATNLI TRANSLYACIYA


21:12.  Jang yakunlandi. Sanjar Tursunov g'alaba qozondi va yakuniy hisobni 4:1 ko'rinishiga olib keldi! 


21:08. To'rtinchi raund ham bokschimiz foydasiga hal bo'ldi! G'alaba deyarli naqd!


21:05. Hozircha hisob bo'yicha Sanjar oldinda.


21:00. Ikkinchi raundda ikki hakam kubalik bokschining g'alabasini, bir hakam esa Sanjarning g'alabasini qayd etdi.


20:56. Zo'r! Birinchi raund bokschimiz foydasiga hal bo'ldi.


20:53. Jang boshlandi. Bokschimizning bo'yi raqibdan ancha past... SHunday bo'lsada Sanjarga ishonamiz! Olg'a, O'zbekiston!


20:50. Endi -91kg vazn toifasida Sanjar Tursunov va Erislandi Savon to'qnashuvini ko'ramiz!


20:47. G'alabaaa! Madrimov yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozondi!!! Hisob 3:1 ko'rinishiga keldi!


20:45. Ajoyib zarbaaaaa!!! Jang nihoyasiga etdi.


20:43. To'rtinchi raunddan so'ng ustunlik to'liq bokschimiz tomonda!


20:39. Isroil g'alabani deyarli naqd qildi!


20:34. Ikki raund yakuniga ko'ra Isroil oldinda bormoqda! SHunday davom etamiz!!!


20:30. Madrimov jangni juda ishonchli o'tkazmoqda!


20:25. Isroil Madrimovning jangini tomosha qilamiz! U to'qnashuv taqdirini hal qilishi mumkin!


20:22. Afsuski, hamyurtimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.



20:18. Kubalik bokschi jangni faol olib bormoqda. Ehtiyot bo'lish kerak...


20:13. Ajoyib! Uchinchi raund ham sportchimiz foydasiga!


20:10. Ikkinchi raundda Iqbolda g'alaba!


20:03. Bokschimiz birinchi raundda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bo'shashmaslik kerak!


19:59. Endi Iqboljon Xoldorov ishtirokidagi jangni tomosha qilamiz! Olg'a, Iqbol!!!!


19:55. G'ALABAAAA! SHahobiddin Zoirovda ham g'alaba! Hisob 2:0!!!!!!! Superjang guvohiga aylandik Olimpiada chempioni ishtirokida! 


19:50. To'rtinchi raunddan so'ng SHahobiddin Zoirov oldinda bormoqda. Jangni ajoyib o'tkazayotgan hamyurtimiz g'alabani deyarli naqd qildi!


19:42. Ikkinchi raundda esa kubalik bokschining g'alabasi qayd etildi...


19:38. Zoirov dastlabki raundni o'z foydasiga hal qildi! Yaxshi!!!


19:33. Endi SHahobiddin Zoirov ringga chiqib kelmoqda! Unga Robeysi Ramires raqiblik qiladi! Vakilimizga omad!


19:28. G'ALABAAAA!!! Hamyurtimiz raqibini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi! Jamoamiz oldinga chiqib oldi!


19:18. Do'smatov jangni juda faol olib bormoqda. 


19:10. Jang boshlandi. Omad yo'lbarslar!


19:05. Kechaning ilk jangi principial raqiblar - Hasanboy Do'smatov va Yoannis Argilagoslar o'rtasida bo'lib o'tadi. 


19:02. Assalomu alaykum hurmatli boks ishqibozlari. "Uzbek Tigers"  hamda "Cuba Domadores" jamoalari ishtirokidagi jangdan matnli translyaciyani boshlaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
28 fev 08:03:46
Botir
Erkinoy Umurzakova foydalanuvchining fikriga javob berish
Iqboljon Xoldorov boshqa chiqmasa kubani 5:0 qilardik
Iqbol o'z vaznida 1- raqamli bokschini karaxt qila oldi. Bundan boshqasi buni eplay olmasdi. Agar sal omad berib yutganida siz ham maqtayotgan bolar edingiz. Iqbol ajoyib bokschi
+2   
27 fev 21:25:14
Tohir Life
Kolumbiyani 5:0 uramiz xudo xolasa!!!!
+2   
27 fev 20:24:27
Rustam Hashimov
Уят Спорт каналига! 21 асрда хам шунақа холат бўлиши, телевидениямиз қанчалик қолоқлигига яна бир карра амин бўлдик
+2   
27 fev 20:23:12
Tőlqin Sodiqov
Uzbekistonda bup turgan turnirdi oberalmasa bu sport tv nima diwkayam xayronsan bliin
+1   
27 fev 22:58:44
Bahodir
Botir, шунака счёт булиши мумкин, чунки жанг жуда тенг холатда б-б утди, 50-45, 47-48, 47-48. Азербайжон Равшан Хусаинов бизга берган. Италианец Албино Фоти ва Англичанин Рей Морлей 47-48 хисоби билан Кубаликга берган. Жанг жуда тенг холатда шундай хисоб булиб туради.
+1   
27 fev 21:22:14
Botir
Qoil qolish kerak!!! Faxrlanish kerak!!! G'ururlanish kerak bugun shunchaki g'alaba bolmadi. Haqiqiy yolbars kabi olishishdi
+1   
27 fev 20:43:46
Eldor Conor
Isroil ga gap bölishi mumkun emas bravo
+1   
27 fev 20:23:19
A7
Shunday sport tv ga olsam velosiped poyga bo’lyabdi deydu . Shuncha vaqt kutasan mana ahvol
+1   
27 fev 20:19:27
Abzalkhan Akhrorkhodjaev
Xuddi sputnikdan obervotgande translyatsiya qivotti ((
   
28 fev 13:36:43
Eldor Conor
Rostdan xam xamma kördi Iqboljon juda yaxshi jang ötkazdi gap sözsiz
   
28 fev 09:09:33
Rakuten
Санжар ишончни окладинг РАХМАААААТ!!!!!!
   
28 fev 07:27:24
Erkinoy Umurzakova
Iqboljon Xoldorov boshqa chiqmasa kubani 5:0 qilardik
   
27 fev 23:59:13
СПОРТ
Рахмат йигитлар!!!
   
27 fev 22:09:15
♥♥♥BOKS UZB♥♥♥
O'ylab koring jang Uzbda bolganda shunch kubalik olimpiada , jaxon chempionlari ustidan 4:1g'alaba bolsa nahotni Kubadagi janglarda 5:0 ga yutqazishimiz mumkinmi? Hech bolmaganda 4:1 yoki 3:2 hisobda yutqazardik bu nima degan gap bu poraxorlikni oqibati bu monopolya qachon tugaydi? Adolat qani? Bir gapni aniq ishonch bilan ayta olaman hech qachon Amir Temur avlodlari O'ZBEKLAR boksda 5:0 ga YUTQAZISHMAYDI!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
   
27 fev 21:58:03
♥♥♥BOKS UZB♥♥♥
Botir oxiriyam aytganiyiz boldi lekin sizham Sanjarga ishonmagandiyiz menimcha.Lekin hozir Iqboljon yutqizmaganida hakamlar baribir Sanjarni toxtatib qolishardi chunki hisob baribir eng kamida 6:4 boliahi kerak edi bu Kubaning istagi iltimosi va (buyrug'i) edi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing