So’nggi yangiliklar

20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0

17 fev 16:37
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uzbek Tigers" jang o'tkazadi, bu haqida Umid Ahmadjonov malum qildi

SHu kunlarda bazi ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers klubining faoliyati tugatilishi, O'zbekiston jamoasi musobaqadan chiqarib yuborilishi xaqidagi mish-mishlar avj oldi.

"Eng avvalo bu xabarlarning barchasi asossiz bo'lib, aksincha Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida boks bo'yicha Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasida uch yildan buyon muntazam ishtirok etib kelayotgan «Uzbek Tigers» jamoasini qo'llab-quvvatlash, mamlakatimizda bo'lib o'tadigan janglarni yangicha formatda, muxlislar uchun xaqiqiy boks shousi darajasida tashkil etish niyatida keng ko'lamda ish olib bormoqda. 

Malumki, bugungi kunda o'zbek boks maktabi butun dunyoga malum va mashhur. Uning o'z shonli tarixi va ananalari mavjud. Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston boks terma jamoasining umujamoa hisobida birinchi, Gamburg 2017 jahon chempionatida esa ikkinchi o'rinni egallashi so'zimizga isbot bo'la oladi. Ammo shu bilan birgalikda ayni pallada Respublikamizda ko'pgina sport turlari qatorida O'zbekiston boks federaciyasining faoliyati ham islohotlarga muxtoj  ekanligini ayni xaqiqat. Sir emaski amalga oshiriladigan har bir islohot va yangilik eng avvalo ushbu sohani yanada rivojlantirishga, uni zamonaviy bosqichga olib chiqishga, yutuqlar salmog'ini oshirishga xizmat qilish kerak. 

Aynan shu jihatlarni hisobga olgan xolda Milliy olimpiya qo'mitasi Olimpiya va Osiyo o'yinlari kabi nufuzli musobaqalarda delegaciyamiz hisobiga eng ko'p sovrinlar taqdim etadigan boks sport turini yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizda tashkil etiladigan xalqaro va mahalliy musobaqalar nufuzini oshirishga bel bog'lagan. 

Bugungi kunda mamlakatimizda sport shaxsan yurtboshimiz, muhtaram SHavkat Miromonovich Mirziyovning nazoratida turibdi. So'nggi paytlarda birgina sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan qanchadan qancha qaror va farmonlar elon qilinishi ham fikrimizga isbot bo'la oladi. SHak-shubha yo'qki bugun olib borilayotgan ulkan hajmdagi mehnatlar samarasini barchamiz nasib qilsa Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ko'ramiz. «Uzbek Tigers» esa o'z faoliyatini yangi formatda, yangi maqsadlar bilan davom ettiradi" – dedi MOQ Prezidenti. 

Malumot uchun, «Uzbek Tigers» Butunjahon boks seriyasi (WSB)dagi navbatdagi ikkita jangini mamlakatimizda o'tkazadi. 27 fevral kuni yurtimizda Kubaning “Cuba Domadores” klubi mehmon bo'lsa, 1 mart kuni Kolumbiyaning "Colombia Heroicos" klubini kutib olamiz. Mazkur bellashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish, muxlislarga xaqiqiy sport bayrami muhitini yaratish maqsadida janglarni Toshkentda o'tkazish qarori qabul qilindi. Har ikkala uchrashuv O'zbekiston taekvondo associaciyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida soat 19:00da boshlanadi. 

O'zbekiston Milliy olimpiya yurtimiz sport muxlislarini 27 fevral va 1 mart kunlari bokschilarimizni qo'llab-quvvatlash uchun “Universal” sport majmuasiga chorlab qoladi. 

SHuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi sport muxlislaridan turli hil internet saytlarida elon qilinayotgan provakacion xarakterga ega maqola va xabarlarga aldanmaslikni so'raydi. Mamlakatimiz sporti va olimpiya harakatiga oid eng xolis xabarlar birinchi navbatda Milliy olimpiya qo'mitasining rasmiy saytida elon qilinadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

   
18 fev 15:12:35
Botir
Ollohimga shukr!!!!!!
   
17 fev 21:28:31
SPRINTERshashist
Эшитишмча боксни хомийси Шерзод олимпиадами ва жахон чемпионатида қатнашган боксчиларимизни мукофот пулларидан ўзига ушлаб қолибди. Кейин боллар Шерзод устидан ёзиб юборишибди. Хуллас, хомийлик бўш бўлиб қолганидан кейин бу миш мишлар чиқди шекели
   
17 fev 21:28:07
♥♥♥BOKS UZB♥♥♥
Mana buni adolat desa boladi,bolarkanuu malades 27-fevralni intizorlik bilan kutamiz bokschi akalar omad silarga Kubaliklar "bilmappanga ulgurmasin"bokkk bokkk pakrrr pakrrrr paqqillatib tashlanglarrr.Ringga chiqgan vaqtlaringda unitmanglarr sizlarni butun O'zbek xalqi jon jaxtlari bilan,katta hayajon bilan qollab quvvatlaydii xudo xoxlasa 6:5ga yutasilar INSHALLAH
   
17 fev 21:26:17
SPRINTERshashist
Умид ака мухлисларини ичидагига эътибор беряпти. Рахмат ока. Барака топинг!
   
17 fev 21:26:04
SPRINTERshashist
Умид ака мухлисларини ичидагига эътибор беряпти. Рахмат ока. Барака топинг!
   
17 fev 20:57:30
Ruzimurod
Eeeeeeeeeeeeeeeee gap yuq juda xursand buldik bokschilarimizga omat tilayman
   
17 fev 17:39:22
Pusat Çakır
Umid axmadjonovga raxmat. Xudo xoxlasa bokschilarimiz bu ishonchi oqlashadi.
   
17 fev 17:05:20
Axmad Ruzmirodov
Malades gap yuq
   
17 fev 16:56:47
surkhan1122
Биз ҳам бир марта бокс кўрмоқчи эдик, эҳҳҳҳҳҳҳҳҳҳҳҳ
   
17 fev 16:55:37
Husniddin Mirzaliyev
Гап йўқ ака!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing