02 mar 10:20
Yangiliklar
“Uzbek Tigers” navbatdagi jangni qaerda va qaysi jamoaga qarshi o'tkazadi?
Guruhning 3ta uchrashuvida 2ta g'alabaga erishgan bokschilarimiz endi Kolumbiyaga safar uyushtirishadi. CHarm qo'lqop ustalarimiz 23 mart kuni Kolumbiyada “Colombia Heroicos” jamoasi mehmoni bo'lishadi.
Eslatib o'tamiz, kecha bokschilarimizdan SHunqor Abdurasulov va Mahmud G'oipov o'z janglarini muddatidan avval yakunlashga muvaffaq bo'lishgandi.
Kechagi jang natijalari:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila 0:2
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta (hamyurtimiz to'rtinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi)
-69 kg: Mahmud G'oipov - Aleksandr Ranxel (uchinchi raunddan so'ng texnik g'alaba)
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev - Diego Alexandro Motoa (3:0)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kristian Salkedo (3:0)
Fikrlar