So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

25 fev 20:50
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uzbek Tigers" Termizda jang qiladi

Teglar :  Uzbek Tigers
Xabaringiz bor, Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasining Termizdagi janglari Toshkent shahriga ko'chirilgandi.

Jamoaning 27 fevral hamda 1 mart kunlari o'tkaziladigan janglari Toshkent shahridagi "Universal" sport majmuasida tashkil qilinadi.

Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, jamoaning keyingi uy uchrashuvi, WSB 4-turi doirasida venesuelalik bokschilarga qarshi o'tkaziladigan jangi Termiz shahrida o'tkaziladi.


O'zbekistonlik mashhur bokschilar nafaqat Toshkentda, balki viloyatlarda ham o'z janglarini o'tkazadi 

Uzbek Tigers jamoasi bokschilarining Termiz shahrida o'tishi rejalashtirilgan WSB tasnifidagi janglari poytaxt Toshkentga ko'chirilgach, ayrim nashrlar bunga o'z munosabatini bildirdi. Mazkur holatni inobatga olgan O'zbekiston boks federaciyasi vaziyatga izoh berishga qaror qildi.

WSB musobaqasining o'tgan mavsumida Uzbek Tigers jamoasi Kubaning mashhur Cuba Domadores klubini Samarqand shahrida qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchgan va o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalariga katta quvonch ulashgandi. SHundan keyin jahon darajasida tan olinayotgan bokschilarning qolgan viloyatlarga ham tashrifi rejalashtirildi.

Cuba Domadores jamoasiga qarshi bu safargi jang Termiz shahriga taqdim etilgandi. Biroq yaqindagina Toshkentga tashrif buyurgan AIBA vakillari Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati bilan uchrashuvda bo'lib, WSB obro'sini ko'tarish masalasida o'zaro hamkorlik qilishni so'radi. Bunda teletranslyaciya masalasi katta o'rin tutishi, shuningdek, ring va uning atrofidagi holatning talab darajasida bo'lishi muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

Mazkur uchrashuvdan keyin boks federaciyasi MOQ bilan o'zaro maslahatlashib, Cuba Domadores hamda Colombia Heroicos klublariga qarshi ikki kun oralig'ida o'tadigan janglarni Toshkentga ko'chirishga qaror qildi. Bunda birinchi navbatda teletranslyaciya masalasi va uning sifati hisobga olindi. SHuningdek, biz bilan iliq munosabatlarni yo'lga qo'yayotgan AIBA vakillarida yaxshi taassurot qoldirgan va sharoitlari qoniqarli bo'lgan “Universal” sport majmuasi variantida to'xtalindi.

Termiz uchun vada qilingan janglar  esa 6—7 aprel sanalariga rejalashtirilmoqda. SHu kuni WSB guruh bosqichining 4-turi doirasida Venesuela bokschilari Uzbek Tigers klubiga qarshi ringga chiqadi. AIBA taklifi bo'yicha, Termizdagi boks kechasiga jiddiy tayyorgarlik ko'riladi. Teletranslyaciya va tashkilotchilik yuqori saviyada bo'lishi uchun biroz vaqt kerakligi inobatga olinib, federaciya boks kechasining sanasini o'zgartirdi, manzil esa saqlab qolindi.

O'z navbatida MOQ rahbariyati ham nafaqat viloyatlardagi boks muxlislarini xushnud etish, balki O'zbekistonning jahonda tutgan o'rni va mamlakatda sportga bo'layotgan etiborni munosib tarzda namoyish qila olish talabini qo'ygan. Unga ko'ra, Hasanboy Do'stmatov, SHahobiddin Zoirov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov kabi mashhur bokschilarning viloyatlarda jang o'tkazish ananasi saqlab qolinadi. Biroq hamma narsa puxta reja va yuqori tashkilotchilik asosiga qurilishi kerak bo'ladi.  

Cuba Domadores hamda Colombia Heroicos klublariga qarshi janglar 27 fevral va 1 mart sanalarida o'tadi.  MOQ taklifi bilan boks oqshomiga Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kolleji, 100-sonli polimilit tayanch harakati buzilgan bolalar internati hamda 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tashrif buyuradi. Ularni “Universal” sport saroyiga olib kelish uchun maxsus avtobuslar yuboriladi.

O'z navbatida keyinchalik ham viloyatlarda o'tadigan janglarni tomosha qilish uchun yuqoridagi kabi imkoniyati cheklangan bolalarni o'z bag'riga olgan maskanlarda sharoit bo'ladi. Uzbek Tigers jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tib, chorak finalga yo'l olsa, Samarqand va Termizdan keyin, qolgan mashhur shaharlar ham boks kechalariga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

   
27 fev 06:38:20
Navroz Hojibekov
Olamsport.com sayti boks qachon boshlanadi va sporttvda olib beriladimi? Shunga oydinlik kirtilar?
   
26 fev 20:44:22
Avaz Begaliyev
Xurmatli sayt xodimlari qani uzbek tigersning matbuot anjumani
   
26 fev 09:51:13
A7
Kelasi turlarda Andijonda o’tazishsa yaxshi bo’ladi . Andijonda boks muhlislari juda ko’p
   
26 fev 09:50:57
♥♥♥BOKS UZB♥♥♥
Botir raxmat dustim jovobiyiz uchun. 5:0 ga yutishni kutib qolamiz bokschilarimizdan.Sanjardan boshqasi yuqmikan shu vaznda Sanjar bitor marta kuchli bokschilar ustidan galaba qozonmaganku, Sanjar bilan Baxodir boshqa bir ish topishi kerak uziga undan kura shaxmatga utsayam mayliydi.bokschi Hasanboy, Bektemir, Shaxram, ISROIL , Shaxobiddin dek bulishi kerak.Bilasizmi bu bokschilar chiqqanida raqib qanchalar kuchli bolmasin yutishiga ishonchiyiz juda katta buladi lekin ba'zid raqibni qancha ursaham "nimalarnidir hisobiga"maglub bulishyabdi
   
26 fev 08:12:08
Ilkhomjon Mamasoliev
Termizdan keyingi uyda buladigan jangni Andijonda tashkillashtirilishini kutib qolamiz, Andijonliklar ham albatta Shedevr Muhit yaratib berishadi, Ajoyib shou buliwiga iwonamiz, InshaAlloh !!!
   
26 fev 00:31:33
Botir
Uzr.! Kelasi jangni aytayabman.! Sanjarga qiyin boladi. Savun juda chaqqon, zaebasi og'ir va bo'ydor bokschi. Qandaydir mazsus taktika oylab topishsa yutsa bolar balki.! Omad tilayman. Qolganladan g'alaba kutyabman
   
25 fev 23:24:14
tohir
Гап йук
   
25 fev 22:48:57
♥♥♥BOKS UZB♥♥♥
4-1 tushunmadim nima hisob uzgardimi aniqroq yozing kimni jangi uzgardi yoki bulajak jangni aytayabsizmi.
   
25 fev 21:56:21
Bek
Ха мақолада мухлислар саволларига аниқ жавоблар қайтарилибди. Жанглар Республиканинг турли вилоятларида бўлгани яхши ҳолат, лекин бошқа вилоятдан ташриф буюрган мехмонлар учун бир оз қийинчилик туғдиради. Масалан жанглар Термизда ташкил этилганида (Термизлик мухлислардан узр сўрайман) ушбу жангларни томоша қилиш учун нари борса Қашқадарёдан мухлислар бориши мумкин. Лекин тўғриси қайсидир маънода манфаатдорлик нуқтаи назаридан бу фикрни айтгандирман, менга қолса Самарқанд ёки Тошкентда жангларни ташкил қилиш қулайроқ. Чунки тўғридан тўғри жамоамизга мухлислик қилиш имконияти юзага келади.
   
25 fev 21:09:32
Botir
Men birinchi navbatda olamsportda mana shunday keng manoli, to'liq, asoslangan, maqola yozishganiga xursandman.! Charchamanglar. Mutsaddilarga katta rahmat. Bokschilarimizga omad Uzbek tigers cuba damodores 4 1. AIBA prezidenti G'afur Rahimovga alohida rahmat!!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing