So’nggi yangiliklar

17:48Биргина аёл бутун бошли "Рома"нинг режаларини бузиб ташлади 0 17:27Гулистонда гимнастрада ғолиблари аниқланди 0 17:06Бугун Жаҳонгир Жумаев UAE Warriors турнирининг марказий жангида октагонга чиқади 0 16:45Ниҳоят! Белал Муҳаммад илк ҳимоя жангини Шавкат Раҳмоновга қарши ўтказмоқчи 0 16:24"Барселона"га келаётган посбон иккинчи дарвозабон бўлишга рози, аммо... 0 16:03China Open. Андрей Рублёвнинг юриши бошланди 0 15:42WAKO Президенти Миллий Олимпия қўмитасида меҳмон бўлди 0 15:21Расман. Одилхон Камоловнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ФОТО 0 15:00Пеп Гвардиола: "Уруш хоҳлайсизми? Энди жанг қиламиз" 0 14:39Ана холос! Тошкентда ўтиши эълон қилинган Octagon 64 турнири Қозоғистонга кўчирилди. Бунинг эҳтимолий сабаби маълум 0 14:18Octagon 63: Тўрт ҳамюртимизнинг фақатгина бирида ғалаба 0 13:57Икки мураббийимиз Президент Фармонига мувофиқ фахрий унвон билан тақдирланди 0 13:36Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги маълум 0 13:15WADA тақиқланган моддалар рўйхатини янгилади 0 12:54China Open. Коко Гофф иккинчи босқичга чиқди 0

18 fev 20:40
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uzbek Tigers" yangi mavsumda ishtirok etadimi? MOQ rahbari masalaga oydinlik kiritdi

Fevral oyiga kelib, o'tgan yilning xuddi shu vaqtida kuzatilgani kabi, Uzbek Tigers jamoasining kelgusidagi taqdiri borasida turli gap-so'zlar tarqala boshladi.

OAVda O'zbekiston boks federaciyasi jamoani moliyalashtirishni to'xtatishga qaror qilgani haqida malumotlar paydo bo'ldi. Kun.uz muxbiri ayni masalaga aniqlik kiritish uchun Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.

– Oxirgi uch mavsumda Butunjahon boks seriyasida O'zbekiston sharafini himoya qilgan «Uzbek Tigers» jamoasi o'tgan haftada tarqatib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu malumot qanchalik to'g'ri?

– Avvalo, shuni takidlashni istardimki, Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasining o'zbek boksi taraqqiyotida tutgan o'rni juda muhimdir. Malumki, ushbu turnir orqali yangi nomlar kashf etiladi, kuchli bokschilar saralanadi. SHuningdek, mazkur musobaqa bokschilarimiz uchun Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish vazifasini bajarishi bilan ham ahamiyatlidir. CHunki turnirda Kuba, Rossiya, Qozog'iston kabi boks olamidagi etakchi mamlakatlarning charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etadilar va bokschilarimiz ularga qarshi janglar orqali o'z mahoratlarini toblab boradilar.

Bevosita savolingizga kelsak, «Uzbek Tigers» musobaqaning yangi mavsumida ham bahslarda qatnashadi. O'zbek boksi muxlislariga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida yurtimiz mezbonlik qiladigan janglar respublikamizning eng yirik va muhtasham arenalarida tashkil etiladi. Jumladan, kelasi oyda foydalanishga topshiriladigan «Humo» ko'p tarmoqli arenasi, shuningdek, «Milliy» stadionida ham minglab muxlislar bokschilarimizning mahoratlariga bevosita guvoh bo'lishlari mumkin.

O'z navbatida, Milliy olimpiya qo'mitasi «O'zbek yo'lbarslari»ning samarali faoliyat olib borishi uchun mamlakat boks federaciyasiga kerakli yordamni ko'rsatishga va har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor. Jamoaga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.


– WSB`ning yangi mavsumida qanday o'zgarishlar kutilmoqda? Turnir fevral oyida start olardi, lekin 9-mavsum haligacha boshlanmagani sabab go'yo AIBA bu turnirni to'xtatishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

– AIBA bu yildan boshlab WSB turniri formatiga o'zgartirish kiritishni maqsad qilgan. Xabaringiz bor, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida erkaklar o'rtasidagi bahslarda vazn toifalari soni 10tadan 8taga tushirildi va shuning hisobiga ayollar vazn toifasi 5taga oshirildi. SHundan kelib chiqqan holda Butunjahon boks seriyasida ham vazn toifalari 8taga tushirilib, ikkita ligaga ajratilmoqda. Yani engil (52, 57, 63, 69 kg) hamda og'ir (75, 81, 91, 91+ kg) vaznlar. Musobaqada ishtirok etuvchi mamlakat har ikkila ligaga ham o'z jamoasini qo'yishi mumkin.

Bu safargi musobaqa Tokio–2020 Olimpiya o'yinlariga licenziya berishi bois, AIBA jamoaviy bellashuvlarni 2019 yilning oktyabridan boshlab, 2020 yilning fevraliga qadar o'tkazishni rejalashtirmoqda. 2020 yilning 29 may – 6 iyun kunlari bo'lib o'tadigan musobaqada esa WSB licenzion turniri va yakka tartibdagi finallar bo'lib o'tishi kerak. Mazkur musobaqa orqali Olimpiadada ishtirok etuvchi so'nggi 16 yo'llanma egasi aniqlanadi. SHunday ekan, AIBA bu musobaqani to'xtatish emas, aksincha uni yanada rivojlantirish choralari haqida o'ylayapti.


– 2019 yilda o'zbekistonlik bokschilar oldida turgan eng muhim musobaqalar qaysilar? Yulduzli tarkib azolarining aksariyati professional boksga o'tgani natijalarga qanchalik tasir etishi mumkin?

– Joriy yilda bokschilarimiz biryo'la ikkita yirik va nufuzli musobaqada ishtirok etishadi. Aprel oyida Tailand poytaxti Bangkok shahrida kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tsa, Rossiyaning Ekaterinburg shahri sentyabr oyida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Hozirda terma jamoamiz azolari uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inlari orqali mazkur muhim musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Ekaterinburgdagi jahon chempionatida Tokio–2020 Olimpiya o'yinlari uchun dastlabki licenziyalar o'ynaladi. AIBA jahon chempionatida licenziya ola bilmagan davlatlar uchun keyinchalik mintaviy licenzion turnirlar ham tashkil etishni rejalashtirgan. Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun ana shunday licenzion turnir esa kelasi yili bahorda bo'lib o'tadi.

SHuni alohida takidlashni xohlardimki, O'zbekiston boks bo'yicha jahonning eng qudratli derjavalaridan hisoblanadi. Rio-2016 Olimpiadasida o'zbekistonlik bokschilar umujamoa hisobida birinchi o'rinni egallashgani ham fikrimizni isbotlab turibdi. SHunday ekan, Tokio Olimpiadasida ham o'zbek charm qo'lqop ustalari eng yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishlariga ishonchim komil.

Savolingizni ikkinchi qismiga kelsak, bazi sportchilarimizning professional boksga o'tib ketgani terma jamoamiz tarkibini kuchsizlantiradi, degan fikrdan yiroqman. CHunki o'zbek boksida juda kuchli raqobat yuzaga kelgan. Har bir iqtidorli va kuchli bokschiga zaxira variantlari mavjud. Lekin shunga qaramay biz Osiyo chempionatining bazi vazn toifalariga prof boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimizni ham jalb qilishimiz mumkin. Masalan -75 kg va +91 kg vazn toifalarida Isroil Madrimov va Bahodir Jalolovlarni Bangkokdagi musobaqada terma jamoamiz tarkibida ko'rishingiz mumkin.

Bu, birinchidan, terma jamoamiz tarkibida raqobatni yanada kuchaytirsa, ikkinchidan murabbiylar uchun licenzion musobaqa sanalgan jahon chempionati oldidan professional ringda shug'ullanayotgan bokschilarimizning jismoniy va funkcional holati, ruhiy tayyorgarligini yana bir bor sinovdan o'tkazib olish imkonini beradi.

Biz Tokio–2020 Olimpiya o'yinlarida professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz xizmatidan ham foydalana olamiz; albatta, agar ularning tayyorgarligi talabga javob bersa.



Malumot uchun, "Uzbek Tigers" ushbu musobaqada ilk marotaba 2016 yilda (VI mavsum) ishtirok etgan. O'shanda jamoa guruh bosqichida Puerto-Riko, Ozarbayjon va Qozog'iston jamoalaridan ustun kelgan. CHorak finalda Rossiya vakillari mag'lub etilgan. Yarim finalda esa kubalik charm qo'lqop ustalariga imkoniyat boy berilib, bokschilarimiz 3-o'rin bilan cheklanishgan.

2017 yilda (VII mavsum) jamoa Xitoy, Qozog'iston va Rossiya sharafini himoya qiluvchi bokschilarga qarshi bahs o'tkazib, guruhda ikkinchi o'rinni egallagan. CHorak finalda esa yana Kuba bokschilariga mag'lub bo'lgan.

2018 yilgi (VIII mavsum) bahslarda esa guruh bosqichini Amerika guruhida boshlagan bokschilarimiz Kuba, Venesuela va Kolumbiya vakillariga qarshi ringga chiqib, ikkinchi o'rinni egallashgan. Biroq, tashkilotchilar qoidalarga o'zgartirish kiritib, chorak final bahslarini bekor qilishgan. SHu sababli "Uzbek Tigers" ishtirokini erta yakunlagandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
19 fev 09:53:51
Dilshot Solihov
Qozoqlar 49 kg dayam bizdan farqli ravishda bo'kischi obargan bizda esa Balgariyaga bu vazinda bo'kischi olib borilmagan mani hovotirga sovotgan vazin yani kelajakda 63 kg bu vazinda Alyor Noraliyov hamda Shumqor Abdurasulovlarning unchalikham imkoniyatlari yahshi emas ! Iqboljon Xoldarov 69 da emas balki shu vazinda ringa ko'tarilsa yahshi bo'lardi!
   
19 fev 09:27:00
Angren.
Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Админларимиз қилмаган ишни амалга оширишга ҳаракат қилиб кўрамиз. Демак, Болгарияда давом этаётган турнир ўзининг қизғин палласига кирди. Бугун бўлиб ўтган ярим финал жангларида фақат Шунқор Абдурасулов (бунгача 4та боксчимиз мусобақа билан хайрлашган) Қозоғистонлик Закир Сафиуллинга имкониятни бой берди. Қолган 4 нафар боксчимиз финалда иштирок этади. Энг қизиғи 56 кг.да ўзбекча финал яъни, Абдулхай Шорахматов ва Миразизбек Мирзахалилов жангига гувох бўламиз. Шунингдек, 52 кг.да Файзов Худайназар мусобақа мезбони 2 карра Европа чемпиони Даниел Асеновга қарши, 69 кг.да Бобоусмон Батуров Қозоғистон вакили Абалайхан Жусуповга қарши жанг ўтказади. Энг кўп финал иштирокчиси Қозоғистонда 5 та ва бизда 4 иштирокчи эртага финалда иштирок этади. Бунгача 4 боксчимиз Санжар Турсунов, Алиёр Норалиев, Фанат Қахрамонов ва Хуршид Абдуллаевлар мусобақа билан эрта хайрлашган. Фанат Қахрамонов ва Хуршид Абдуллаевлар мусобақада ўта қониқарсиз қатнашишди яъни унча номдор бўлмаган боксчиларга имкониятни бой беришди. Санжар Турсуновдаям ўсиш деярли кузатилмаган. Чунки у қария Василий Левитга яққол мағлубиятга учради. Алиёрдаям қандайдир ўзига ишонч етишмади. Абдулхай Шорахматов ва Миразизбек Мирзахалилов жуда юқори классда жанг ўтказишди. Улар ушбу вазнда иштирок этган ҳар қандай дунё даражасидаги боксчиларга сабоқ бериб қўйишди.
Маълумотлар учун рахмат. Нима бугандаям натижалардан кунглим тулгани юк. Козокларни яна олдинга утказиб юборяпмиз. Алиёр ва Санжардан купрогини кутган эдик.
   
19 fev 00:09:48
Bek
Angren. foydalanuvchining fikriga javob berish
Админлар нима учун Болгарияда утаётган турнир хакида маълумот бермаяпслар? Ёки маълумот тополмаяпслами? Жудаям ачинарли холат.
Админларимиз қилмаган ишни амалга оширишга ҳаракат қилиб кўрамиз. Демак, Болгарияда давом этаётган турнир ўзининг қизғин палласига кирди. Бугун бўлиб ўтган ярим финал жангларида фақат Шунқор Абдурасулов (бунгача 4та боксчимиз мусобақа билан хайрлашган) Қозоғистонлик Закир Сафиуллинга имкониятни бой берди. Қолган 4 нафар боксчимиз финалда иштирок этади. Энг қизиғи 56 кг.да ўзбекча финал яъни, Абдулхай Шорахматов ва Миразизбек Мирзахалилов жангига гувох бўламиз. Шунингдек, 52 кг.да Файзов Худайназар мусобақа мезбони 2 карра Европа чемпиони Даниел Асеновга қарши, 69 кг.да Бобоусмон Батуров Қозоғистон вакили Абалайхан Жусуповга қарши жанг ўтказади. Энг кўп финал иштирокчиси Қозоғистонда 5 та ва бизда 4 иштирокчи эртага финалда иштирок этади. Бунгача 4 боксчимиз Санжар Турсунов, Алиёр Норалиев, Фанат Қахрамонов ва Хуршид Абдуллаевлар мусобақа билан эрта хайрлашган. Фанат Қахрамонов ва Хуршид Абдуллаевлар мусобақада ўта қониқарсиз қатнашишди яъни унча номдор бўлмаган боксчиларга имкониятни бой беришди. Санжар Турсуновдаям ўсиш деярли кузатилмаган. Чунки у қария Василий Левитга яққол мағлубиятга учради. Алиёрдаям қандайдир ўзига ишонч етишмади. Абдулхай Шорахматов ва Миразизбек Мирзахалилов жуда юқори классда жанг ўтказишди. Улар ушбу вазнда иштирок этган ҳар қандай дунё даражасидаги боксчиларга сабоқ бериб қўйишди.
   
18 fev 22:17:41
Angren.
Админлар нима учун Болгарияда утаётган турнир хакида маълумот бермаяпслар? Ёки маълумот тополмаяпслами? Жудаям ачинарли холат.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing