27 fev 18:54
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers"ning jangi boshlanishiga oz vaqt qoldi!
"Uzbek Tigers"ning kubalik raqiblarga qarshi jangiga sanoqli daqiqalar qoldi. O'zbekiston taekvondo associaciyasiga qarashli "Universal" sport majmuasiga muxlislar tashrifi davom etmoqda.
Avval xabar qilinganidek, Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan ushbu bellashuvni poytaxtimizdagi qariyalar uyi, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar maktab internati hamda mehribonlik uyidan tashrif buyurgan mehmonlar ham bevosita arenadan kuzatib borishadi.
Bundan bir necha daqiqa oldin tashkilotchilar mehmonlarni kutib olishdi va o'zlari uchun belgilangan joylarga taklif etishdi. Janglar boshlanishiga oz fursat qolmoqda. O'zbek boksi yulduzlaring ishtirokidagi janglarni birgalikda kuzatib boramiz va vakillarimizga omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar