18 fev 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers"ning uy uchrashuvlari qaerda o'tkazilishidan xabaringiz bormi?
Xabaringiz bo'lsa, Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasining navbatdagi janglari manzili o'zgargandi.
Jamoamiz avvaliga Termiz shahridagi sport majmuasida Kuba va kolumbiyalik raqiblarini mehmon qilishi lozim edi. Ammo, endilikda sportchilarimiz raqiblarini Toshkentda qabul qiladi. Ushbu janglar 27 fevral va 1 mart kunlari poytaxtimizdagi O'zbekiston taekvondo associaciyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida soat 19:00da boshlanadi. (Ko'pchilik o'ylayotganidek Yunusoboddagi "O'zbekiston sport majmuasida emas).
Ushbu janglarda sportchilarimizga omad tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar