09 dek 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Valentina SHevchenko engil vaznda ilk UFC chempioniga aylandi
Bundan bir necha daqiqa avval Kanadada aralash qoidalar bo'yicha UFC 231 turniri yakunlandi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri engil - 56,7 kg vazn toifasida o'tkazildi. Unda qirg'izistonlik Valentina SHevchenko hamda polshalik Yoanna Enjeychik o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi.
Besh raundga mo'ljallangan chempionlik jangi g'olibasi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Uchchala hakam ham yakunda 49-46 hisobidagi g'alabani qirg'izistonlik sportchiga taqdim etishdi. Bu bilan SHevchenko engil (56,7 kg) vazn toifasining ilk UFC chempioniga aylandi.
Havola :
Fikrlar