31 jan 11:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Valuev: Emelyanenko faoliyatini yakunlashi kerakmi? Men allaqachon bu ishni qilgan bo'lardim!
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nikolay Valuev Fyodor Emelyanenkoning mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
Emelyanenko Bellator Gran-prisining final jangida Rayan Beyderga imkoniyatni boy bergandi. Amerikalik sportchi Fyodorning jangning 37-soniyasidayoq nokautga uchratgan edi.
“Fyodorning yutqazishini bilgandim. CHunki, raqibning tezligi yuqori, kuchi ko'proq edi. Bu erda yosh farqi ham katta rol o'ynadi. Emelyanenko faoliyatini yakunlashi kerakmi? Har bir inson o'zi qaror chiqarishi kerak. Men allaqachon professional sportdan ketgan bo'lardim”, - dedi Valuev.
Havola :
Fikrlar