01 apr 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/112692_220.jpg)
Valuev koronavirusga chalingan bosh shifokorga sog'liq tiladi, u Putin bilan ko'rishgan edi + FOTO
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Nikolay Valuev koronavirus aniqlangan Kommunarka kasalxonasi bosh shifokori Denis Procenkoni qo'llab-quvvatladi.
Procenkoda kecha, 31 mart kuni koronavirus aniqlangan edi. Bosh shifokor yaqinda Rossiya Federaciyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan va muloqot qilgan edi.
"Denis Procenko COVID-19 sabab to'liq izolyaciyaga olindi. Kasallik odam tanlamas ekan. Kelinglar, shunday qiyin vaziyatda bosh shifokorimiz va umuman ushbu kasallikka chalingan barchaga sog'liq tilaymiz. Tezroq tuzalib, safimizga qaytishsin. Biz birgalikda koronavirusni engamiz", - deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Valuev.
Malumot uchun, ayni paytda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 2337 tani tashkil etmoqda. O'n etti kishi kasallik sabab hayotdan ko'z yumgan.
Havola :
Fikrlar