10 iyu 12:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Nikolay Valuev 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Nikolay Valuev va Rossiya Davlat Dumasining yana 11 nafar deputati Ukraina sudlari tomonidan mol-mulki musodara etilgan holda sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Bu haqda hukmlar materiallariga tayanib, "TASS" nashri xabar bermoqda.
Agentlik malumotlariga ko'ra, jami 12 deputat sirtdan hukm qilingan. Xususan, Valuev Xmelnickiy sudi tomonidan aybdor deb topilgan.
Malumot uchun, Nikolay Valuev faoliyati davomida 52 ta jang o'tkazib, 50 ta g'alaba (34 tasi nokaut) va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Mag'lubiyatlaridan birini hamyurtimiz Ruslan CHagaevdan qabul qilib olgan.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar