14 may 07:01
Yangiliklar
Allen vs Kosta: Ikki o'zgarish evaziga UFC Vegas 117 kardi tasdiqlandi
UFC Vegas oqshomining asosiy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi. Unda reytingning ettinchi pog'onasidan joy olgan Arnold Allen o'n ikkinchi o'rinni egallab turgan Melkizael Kostaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Turnir startiga to'rt kun qolgan bir paytda kardda ikkita o'zgarish kuzatildi. Rodolfo Bellato Modestasa Bukauskasga qarshi kechishi belgilangan jangdan echildi. Uning o'rnini 37 yoshli Bellator faxriysi Kristian Edvards (8–4) egalladi. Qisqa muddatli ogohlantirish bilan jangni qabul qilgani uchun ushbu bahs yarim og'ir vazn toifasida (93 kg) emas, kelishuv asosida 97,5 kg vaznda tashkil etiladi.
Trey Ogden ham jarohat sabab safdan chiqdi. U Tomas Gentt (11–0) bilan hisob-kitob qilishi kerak edi. Endi uning o'rnini ukrainalik Artur Minev (7–0) egallaydi. Har ikki jangchi ham UFC ligasida debyut qiladi va har ikkisi ham mag'lubiyatsiz odmlamoqda.
UFC Vegas 117 turniri to'liq kardi:
Yarim engil vazn: Arnold Allen – Melkizael Kosta
Yarim engil vazn: CHxve Du Xo – Daniel Santos
O'ta engil vazn: Malkolm Uellmeyker – Xuan Dias
Kelishuv asosidagi vazn (97,5 kg): Modestas Bukauskas – Kristian Edvards
O'ta engil vazn: Timoti Kuamba – Bernardo Sopay
Yarim o'rta vazn: Nikolay Veretennikov – Kaos Uilyams
Yarim og'ir vazn: Tuko Tokkos – Ivan Erslan
Engil vazn: Tomas Gentt – Artur Minev
Ayollar o'ta engil vazn: Ketlen Vieyra – Jaklin Kavalkanti
O'rta vazn: Kodi Brandeydj – Andre Petroski
Ayollar minimal vazn: Alis Ardelyan – Poliana Viana
Eng engil vazn: Daniel Bares – Luis Gurule
Ayollar minimal vazn: SHona Bennon – Nikoli Kalyari

Fikrlar