17 may 07:11
Yangiliklar
UFC Vegas 117. Qozog'istonlik jangchini nokaut qilishdi. Prelim kard natijalari bitta xabarda
Oqshomning prelim kard janglari yakunlanib, asosiy kard bahslari boshlandi. Qozog'istonlik yarim o'rta vazn toifasi vakili Nikolay Veretennikov amerikalik Kaos Uilyamsga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida nokaut evaziga mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Bu bilan 32 yoshli Uilyams (16-5) o'zining ikki mag'lubiyatli seriyasini chiroyli g'alaba bilan yopib ketdi. 36 yashar Veretennikov (14-8) esa bugun UFC`dagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi, hisobidagi g'alabalari soni ikkitaligicha qoldi.
Hozirgacha yakunlangan jang natijalari:
Yarim og'ir vazn: Ivan Erslan Tuko Tokkosni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (29–28, 29–28, 29–28).
Engil vazn: Tommi Gentt Artur Minevni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Ayollar o'ta engil vazn: Ketlen Vieyra raqibasi Jaklin Kavalkantini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (29–28, 29–28, 29–28).
O'rta vazn: Kodi Brandeyj Andre Petroskini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Ayollar minimal vazn: Alis Ardelyan raqibasi Poliana Vianani og'ritish usuli bilan mag'lub etdi.
O'ta engil vazn: Luis Gurule Daniel Baresni hakamlarning yakdil qarori evaziga engdi (30–27, 30–27, 30–27).
Ayollar minimal vazn: Nikol Kalyari raqibasi SHon Bennonni uchinchi raundda bo'g'ib qo'ydi.

Fikrlar