13 okt 09:12
Yangiliklar

Vashero - Masters turnirlarining tarixiy chempioni!
Finalga qadar dunyoning 204-raketkasi bo'lib turgan monakolik Valenten Vashero musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. U hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 54-pog'onadan joy olgan franciyalik Artyur Rinderkneshni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 6/3, 6/3.
Bu bilan Vashero "Masters" turnirlari tarixida chempion bo'lgan eng reytingi past tennischiga aylandi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikki soatu 14 daqiqa davom etgan bahsda Vashero 8, Rinderknesh 11 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Valenten Rolex Shanghai Masters chempionligi uchun 1020 reyting ochkosi hamda 1 million 124 ming 380 dollar mukofot pulini qo'lga kiritdi. Bu uning butun faoliyati davomida qo'lga kiritgan mukofot pullaridan ham ko'proqdir. Bugun elon qilingan reytingda u dunyoning 40-raketkasi bo'ldi. Rinderknesh esa 650 ochko va 597 890 $ ishlab oldi.
Fikrlar