So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

09 iyu 11:15
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazir videoselektor yig'ilishida “yashil” hududlarda aholini sportga keng jalb etish vazifasini qo'ydi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishi Respublika maxsus komissiyasining “yashil” hududlarda sport sekciyalari, to'garaklar, sport zallari va fitnes-klublar faoliyatini yo'lga qo'yish masalasiga bag'ishlandi

Videoselektor yig'ilishini Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev olib bordi. Unda vazir o'rinbosarlari, vazirlikning barcha boshqarma va bo'limlari masullari hamda barcha hududiy boshqarmalar o'z mehnat jamoalari bilan ishtirok etdi.

-  Pandemiya davrida mamlakatimizda barcha ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, o'quv-mashg'ulot yig'inlari va mashg'ulotlar vaqtincha to'xtatilgan bo'lsa-da, bu vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalardan ozod etilganini bildirmaydi. Karantin asta-sekin yumshamoqda. Buyog'iga g'ayrat qilib, aholi, ayniqsa yoshlarni sport bilan qamrab olishga jiddiy etibor qaratishimiz kerak, - dedi vazir.

“O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoniga muvofiq joriy yilda vazirlik oldiga jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanayotgan aholining umumiy sonini 14 foizgacha oshirish vazifasi qo'yilgan. Buning uchun esa avvalo “yashil” hududlarda sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va fitnes-klublar faoliyatini yo'lga qo'yish, qolaversa ushbu hududlardagi istirohat bog'lari, sayilgohlar hamda ochiq sport maydonchalarida aholini sog'lom turmush tarziga jalb etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishini taminlashga erishish lozim. Boz ustiga, “yashil” hududlarda basseynlar faoliyatiga ham ruxsat berildi. Bu ham sport bilan shug'ullanish istagidagi aholi sonining ortishiga xizmat qiladi.

SHuningdek, “sariq” hududlarda ham bosqichma-bosqich sport faoliyatini yo'lga qo'yish, buning uchun esa tayyorgarlik ishlarini kechiktirmasdan amalga oshirish lozimligi aytib o'tildi.

Videoselektor yig'ilishida vazirlikning maxsus ishchi guruhi tomonidan Andijon hamda Farg'ona viloyatlarida olib borilgan o'rganish natijalariga ham to'xtalib, joylarda hukumat Qaror va Farmonlarining ijrosini taminlashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar keskin tanqid qilindi.

Qolaversa, yig'ilishda joriy yil qurilishi rejalashtirilgan sport obektlarida ishlarni boshlash kerakligi, qurilish-tamirlash ishlarini yuqori sifatda, xalqaro andozalar darajasida amalga oshirilishiga bevosita hududiy boshqarmalarning rahbarlari masul ekanligi takidlandi. SHu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilayotgan sport inshootlarida ham meyoriy talablarni joriy etishga alohida etibor qaratish kerakligi uqtirib o'tildi.

Yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri G'ayrat Bayniyazov, Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkir Toshpo'latovlar ham o'z fikr-mulohazalari va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarga to'xtalib, bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ham ko'magi zarurligini bildirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing